» » Shuhrat Vohidov 29-30 noyabrda konsert beradi
Shuhrat Vohidov 29-30 noyabrda konsert beradi
  Категория: Новости   Автор: Admin      
Shuhrat Vohidov 29-30 noyabrda konsert beradi
O’zbek estradasi olamida bir necha yildan buyon ijod qilib kelayotgan xonanda Shuhrat Vohidov ham o’zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etish uchun taraddud ko’rmoqda. 29-30 noyabr kuni soat 19:00da «Istiqlol» san’at saroyida Shuhrat Vohidov o’zining «Nurli kecha» deb nomlangan yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.

Konsert dasturida Shuhrat Vohidov ijrosida bir necha yangi qo’shiqlarni tinglashingiz mumkin. Raqs malikasi Rushana Sultanova boshchiligidagi «Sanam» xalq raqs ansambli mazkur konsert dasturida turli raqs chiqishlari bilan tomoshabinlar e’tiborini tortadilar. Konsert dasturi siz azizlarga manzur bo’ladi, degan umiddamiz. Barchangizni Shuhrat Vohidovning «Nurli kecha» deb nomlangan yakkaxon konsert dasturiga taklif etamiz. Madaniy xordiq olish vaqti keldi.

Yana bir yangilik, Shuhrat Vohidov yangi «Nozlana» nomli qo’shig’iga klip suratga tushirdi va bu klip kuni kecha tayyor bo’ldi. Tez kunda ushbu klipni ham siz azizlarga taqdim etishga harakat qilamiz.

Manba: SB.Uz
Поделитесь новостью с друзьями или добавьте в закладки

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.
  • 0
   4-10-2013, 12:00Просмотров: 1623Комментариев: 0
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.