» » Bir qiz uchun janjalashgan guruh
Bir qiz uchun janjalashgan guruh
  Категория: Биографии звезд   Автор: Admin      
Bir qiz uchun janjalashgan guruh
Estradamiz vakillari haqidagi tesha tegmagan ma'lumotlar bilan "Fakt Star" loyixasi va bu galgi qahramonlar Benom guruhi ijodkorlari.

1. Sarvar, Komil bilan tanishishga bir maktabda qiz sabab bo'lgan. Ikkalasi ham shu qizni yoqtirib qolishgan.
2. Barcha qo'shiqlar uchun musiqani o'zlari bastalaydi. Komil guruh qo'shiqlarining she'rlarini muallifi.
3. Uylarida Bella laqabli oq mushugi bor.
4. Komil maktab davrida sinfdoshi bilan 2 ta qizni yoqtirgan edi. Komil doim ularga she'r yozib berib yuborardi, ular esa bu she'rlarni ma'nosiga ham tushunishmasdi. Xozir rosa afsuslanayotgandur o'sha qizlar. lol
5. Sarvar shirinliklarni yoqtirsa, Komil aksincha uncha xushlamaydi.

6. Sarvarga ko'p beriladigan savolardan biri bu "sizni xarakteringiz og'ir, qopol odammisiz?" aslida esa u juda kongli ochiq inson.
7. O'tgan yilli to'y xizmatidan chiqib ketish uchun yugurib qochishiga to'g'ri kelgan, Muxlislar ularni qo'yib yuborishni istashmagan ekan.
8. Komil ovqatlanayotganda choy o'rniga muzdek suv ichishni yoqtiradi.
9. Sarvarni va Komilni qon guruhi bir xil 1 guruh.
10. Sarvar va Komil bir biri bilan qalin do'st, tortishib qolishsa bu xolat 10-15 daqiqaga cho'ziladi.

11. Fevral oyida katta ekran yuzini ko'rishi rejalashtirilgan "Yurak yig'lar" filmida bosh rolni ijro etishganlar .
12. O'ta sovuq haroratda syomka vaqtida Sarvar hamda Komil kuzgi kiyimda, sovuqda qolib ketgan bo'lsalar ham rollarini a'lo darajada ijro etishgan.
13. Asosan klip g'oyalarini o'zlari o'ylab topishadi, shuningdek "Yurak yig'lar" filmi uchun ham.
14. "Yurak yig'lar" film 50% gurux a'zolarning xayotidan olingan.
15. Maktab davrida Sarvar judayam sho'x bo'lgan bo'lsa, Komil esa she'riyatga o'sha paytlari mexr bergan.

16. Sarvar futbol ko'rishni Komil esa o'ynashni yoqtiradi. O'z vaqtida Buxoro futboll jamoasida to'p surgan. Lekin sa'natga bölgan mexri kuchli kelib sa'nat soxasini tanlagan.
17. Gurux solistlari Toshkentga aslida o'qishga kirish maqsadida kelishgan, lekin imtixonlardan yiqilib, shu yerda qolib ketishgan.
18. Komil sigaret tutunini yoqtirmaydi.
19. Ijodlarini 2003-yilda boshlashgan.
20. Doimo taklif qilingan joyga kech qolishadi.

Amirxon
Dyumovuchka
Manba: NBKStudio.Uz
Поделитесь новостью с друзьями или добавьте в закладки

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.
  • 0
   31-01-2014, 21:05Просмотров: 3897Комментариев: 0
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.